qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Litsey haqida qisqa ma'lumot



Qo'qon davlat universiteti akademik litseyi 2006 yil 31-avgust Vazirlar Mahkamasining №188-sonli qarori asosida tashkil topgan. Dastlabki nomi Qo'qon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi bo'lib, 2018 yildan PQ-3290 sonli qaroriga asosan Qo'qon DU akademik litseyi nomiga o'zgartirildi. Akademik litsey 546 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, hozirgi kun holatiga 1-bosqichda 174 nafar, shundan 131 nafari qizlar. 2-bosqichda 187 nafar, shundan 123 nafar qizlar tahsil olmoqda. Jami 361 nafar o'quvchilarni qamrab olingan. Akademik litseyda 40 ta o'quv xonasi, axborot-resurs markazi, 50 ta o'quvchiga mo'ljallangan o'qish zali, 300 ta o'quvchiga mo'ljallangan tadbirlar zali, sport zali, sport maydonchalari, oshxona mavjud. Akademik litseyda talabalarni aniq fanlar (matematik analiz, geometriya, algebra, fizika, axborot texnologiyalari) va ijtimoiy fanlar (iqtisodiyot va tarix) bo'yicha ilg'or o'quv dasturlar bilan o'qitiladi. Litseyda o'qitishning asosiy tili o'zbek tilidir, ammo rus tili fani rus tilida, ingliz tili fani ingliz tilida o'qitiladi. Bundan tashqari, Qo'qon DU AL xorijiy fanlar guruhi o'quvchilari ingliz tilidan tashqari ikkinchi chet tilini: nemis tilini o'rganadilar.
Pedagog kadrlar bilan ta'minlanganligi va o'qituvchilarning malakaviy tarkibi:

Bugungi kunda akademik litseyda 34 nafar o'qituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritmoqda. Ularning malakaviy tarkibi quyidagicha:

Lavozimi Soni
PhD 1
Bosh o'qituvchi 13
Yetakchi o'qituvchi 6
Katta o'qituvchi 6
Mutaxassis o'qituvchi 8
Jami 34