qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Litsey o'qituvchilarining ilmiy salohiyati


Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyi oliy toyifali o‘qituvchisi Halimaxon Yuldashevaning Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02. raqamli (10.00.02. – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo’yicha) Ilmiy kengashda 10.00.02. – O‘zbek adabiyotiixtisosligidan “Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruhning poetik ifodasi” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.QDPI erkin tadqiqotchisi Yuldasheva Halima Muxitdinovnaning 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan “Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruhning poetik ifodasi” mavzusidagi dissertatsiyasiFarg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.Dissertatsiyashu paytgacha maxsus o‘rganilmagan ilmiy muammo tadqiqiga bag‘ishlangan. Butun ijodiy faoliyatini ona Vatani va xalqining yorug‘ istiqboli, har tomonlama taraqqiy etishi yo‘liga safarbar etgan Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruh ifodasini shoirning poetik mazmun va shakl sohasidagi ijodiy kashfiyotlari, milliy ruhni badiiy obraz vositasida tasvirlash mahorati, poetik uslubni yangilash borasidagi izlanishlari kesimida baholash adabiyotshunoslikni yangi ilmiy qarashlar, konseptual fikrlar bilan boyitishiga ko‘ra dolzarbdir.