qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

ADTI AKADEMIK LITSEYIDA VODIY BIOLOGIYA FANI OʻQITUVCHILARI OʻRTASIDA OʻTKAZILGAN SEMINAR.


Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining Biologiya kafedrasi fan oʻqituvchilari tomonidan "Biologiya darslarida oʻquv -tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning uslubiy imkoniyatlari" mavzusida tashkil etilgan vodiy biologiya fani oʻqituvchilari seminarida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari akademik litseylari hamda viloyatimiz tuman va shaharlaridagi umumtaʼlim maktablarining tajribali biologiya fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Seminar doirasida tashkil etilgan ochiq darslar, pedagogik - psixologik maxorat darsi hamda badiiy tadbir barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Kelgusida shunday hamkorlik ishlarini tizimli amalga oshirish boʻyicha oʻzaro kelishib olindi. Litseyimiz biologiya oʻqituvchisi Olimova Qanoatxon ustoz ham seminarda ishtirok etib, katta taassurot bilan qaytishdi.