Liga o'yinlari o'tkaziluvchi hududlar soni ortmoqda
Avval xabar berganimizdek endilikda O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi o'yinlari viloyatimizning turli hududlarida ham sinxron tarzda o'tkaziladi. Bular:
1. Farg'ona shahrida (Farg'ona va Quvasoy shaharlari, Farg'ona, Quva, Oltiariq tumanlari uchun);
2. Marg'ilon shahrida (Marg'ilon shahri, Toshloq, Qo'shtepa, Yozyovon tumanlari uchun);
3. Qo'qon shahrida (Qo'qon shahri, Uchko'prik, Dang'ara, Furqat, Beshariq, O'zbekiston tumanlari uchun);
4. Buvayda tumanida (Buvayda, Bag'dod, Rishton tumanlari uchun);
5. So'x tumanida.
Siz o'zingizga yaqin bo'lgan hududda tashkil qilingan o'yinlarda jamoangiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Liganing mavsum o'yinlarida g'olib bo'lgan jamoalar "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan taqdirlanadi.