qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Faol “Zakovat” koordinatorlari taqdirlandi!


“Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘plab musobaqalarni, jumladan O‘quvchilar ligasini tumanlarda tashkil qilishda yaqindan yordam berayotganligi va “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi orasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirishda qo‘shayotgan hissasi uchun quyidagi faol “Zakovat” koordinatorlari planshetlar bilan taqdirlandi:1. Salamat Kadirimbetov – O‘zbekston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;2. Husniddin Najmiddinov – Paxtaobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Tarix fani o‘qituvchisi;3. Baxtiyor Hamidov – IIV Buxoro akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;4. G‘iyos Boymirzayev – Yangiobod kasb-hunar maktabi uslubchisi;5. Ahror Tursunov – Qo‘qon DPI qoshidagi Akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;6. Yo‘ldoshali Isaqov – IIV Farg‘ona akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;7. Dilshod Murtozoyev – Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktor o‘rinbosari;8. Nasibulla Yorqulov – QarMII akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;9. Yanvar Eshqulov – Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi Yoshlar masalalari bo’yicha direktor o‘rinbosari; 10. Jasur Javinov – Qo‘shrabot tumanida Volontyor Zakovat koordinatori;11. Sherzod Yo‘ldoshev – Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Konstitutsiyaviy huquq fani o‘qituvchisi;12. Azamat Qulliyev – IIV Surxondaryo Akademik litseyi tarix fani oʻqituvchisi;13. Zufarbek Bekchanov – UrDU akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi;14. Oltinoy Nasretdinova – Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o‘rinbosari.