Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qo‘qon davlat pedagogika instituti va institut tasarrufidagi akademik litseyda bo‘lib, muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, talabalar turar joylari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. O‘rganishlar davomida institutning qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan rahbarlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari talabalar turar joyida talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan muammo va takliflarini tingladi.