“TARGʻIBOT POYEZDI” QOʻQONDA
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Targʻibot poyezdi” loyihasi aʼzolari Qoʻqon davlat pedagogika instituti akademik litseyiga yetib keldi.
Xorijiy tillar yo'nalishida oʻtkazilgan uchrashuvda yangi tahrirdagi Bosh qonunimizning oʻziga xos xususiyatlari, avvalgi Konstitutsiyadan farqli tomonlari haqida soʻz yuritildi. Uchrashuvda taʼkidlanganidek, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom maʼnoda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini beradi.