1 dekabr ─ OITSga qarshi kurash kuni
Har yili 1 dekabr sanasi an'anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.
Sana munosabati bilan Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyining barcha yo'nalishlarida davra suhbatlari, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlar davomida o'quvchilarga OITS va OIV infeksiyasi, ushbu kasallikning yuqish yo‘llari, kasallikning davri, undan saqlanish choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. O'quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.