Joriy yilning 10-yanvar kuni Qdpi akademik litseyida Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22-dekabr kuni "Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi"da mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni isloh qilish haqidagi topshirig‘ining ijrosini taʼminlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri o‘tkazildi.
Dastavval, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
Shundan soʻng Qdpi dotsenti
M Aminova soʻzga chiqdi va barchani 2024-yil "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash" yili bilan samimiy muborakbod etdi.
Ushbu tadbirlardan maqsad – Yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga hayotiy misollar va dalillar orqali sodda, tushunarli shakllarda yetkazishdan iborat.
Tadbir yakunida madaniyat xodimlarining badiiy chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.