O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarori 3-ilovasi 11-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2024-yil 20-aprel kuni Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyida Qo‘qon shahar, Buvayda, Uchko‘prik, Bag‘dod, Dang‘ara, O‘zbekiston, Beshariq, Furqat tumanlaridagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, ingliz tili, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan bilimlar sinovi o‘tkazildi. Shu kuni QDPI akademik litseyida mazkur olimpiada bilan birgalikda Qo‘qon shahar va atrof tumanlaridan kelgan o‘quvchilar uchun ochiq eshiklar kuni ham tashkil etildi. Tadbir davomida litseyda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Olimpiadada iqtidorli o‘quvchi-yoshlarning savodxonlik darajasi aniqlanib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida va faol ishtiroklari uchun litsey ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.