Joriy yilning 24-dekabr kuni Qdpi akademik litseyida "Yangi yil bayram"tadbiri tashkil etildi. ????Tadbirda Litsey direktori, Saliyeva Sevaraxon Oxunovna soʻzga chiqib, barcha oʻquvchi-yoshlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi va 2025 yil barchaga zafarlarga boy boʻlishini tiladi. ????Yangi yil bayramida, Qorbobo va ertak qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli sahna koʻrinishlari barchada katta taassurot qoldirdi. ????Shuningdek oʻquvchilar chiqishlari, kuy va qoʻshiqlar hamda jozibali raqslar bayramga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi. ????Bayram davomida Qorbobo tomonidan qiziqarli viktorinalar va tanlovlarda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar bayram sovgʻalari bilan taqdirlandilar.