qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Aziz va moʻtabar ayollar kutib olindi!


Qdpi akademik litseyda "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan xotin-qizlarni bayramona ruhda kutib olish tadbiri tashkil etildi. Goʻzal anʼanaga muvofiq, litseyga qadam qoʻygan har bir ayolga samimiy tabrik soʻzlari bilan gul va esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Tadbir davomida xotin-qizlarning hayotimizdagi oʻrni va ularga boʻlgan ehtirom yana bir bor yuksak qadrlanib, bayram shukuhi barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Bayramingiz muborak, aziz ayollar! Siz – hayotga chiroy, oilaga fayz, jamiyatga sadoqat baxsh etuvchi moʻjizasiz!