Aziz AYOL USTOZLARIMIZ, barchangizni ko‘klamning eng nafis ayyomi 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Hayotimizga mazmun bag‘ishlaydigan, bizni hamisha odamiylik, oliyjanoblik sari chorlaydigan, sadoqat sohibasi bo‘lmish siz munis ayollarning mehr-muhabbatingiz va zahmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Bugungi muborak ayyom kunlarida Sizlarga oilaviy baxt-saodat, mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, farzandlar kamolini ko‘rib yurishingizni tilaymiz. Doimo bahoriy kayfiyat va go‘zallik hamrohingiz bo‘lsin.