Akademik litseyning bitiruvchi sinf o‘quvchilari "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan Qo`qon universitetiga tashrif buyurishdi.
Ochiq eshiklar kunida o‘quvchi-yoshlarga universitetda ta'lim olishning afzalliklari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, qabul tartiblari va o‘qitish tizimi haqida ma'lumotlar berildi.
Yoshlar universitet o‘quv xonalariga taklif etilib, oliy ta'lim muhiti bilan yaqindan tanishtirildilar. Samimiy suhbat olib borilib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.