Joriy yilning 9-aprel kuni Qoʻqoʻn du akademik litseyida buyuk sarkarda, davlat arbobi va jahon tarixida chuqur iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.✅Tadbirda Qoʻqoʻn du akademik litsey o‘qituvchilar, oʻquvchilar ishtirok etdi. Unda Amir Temurning hayoti, harbiy sarkardaligi, davlat boshqaruvidagi yuksak tafakkuri va merosi haqida atroflicha so‘z yuritildi.✍️Tadbir davomida Amir Temur bobomizning "Kuch – adolatda!" degan hikmatli so‘zlari asosida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, yosh avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik alohida ta’kidlandi. ????Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida tariximizga, buyuk ajdodlarimizga nisbatan faxr va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.