Joriy yilning 15-aprel kuni QDU akademik litseyining "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi biologiya fani o'qituvchisi Ro`zimatov Sherzodjon litseyning tabiiy fanlar 3-24-guruhida "Ichki sekretsiya bezlari" mavzusida noan`anaviy ochiq dars mashg`uloti bo`lib o'tdi. Ochiq darsni litsey ijrochi direktori S. Saliyeva, kafedra mudiri N.Shomatov va fan o'qituvchilari kuzatib, tahlil qilib borishdi. Dars ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o`tkazildi. Sh. ro`zmatov darsni o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishgan holda juda ham maroqli o'tib, tashrif buyurgan ustozlarga minnatdorchilik bildirib darsni yakunladi. Darsda qo`llanilgan zamonaviy metodlar aniqlanib, boshqa o`qituvchilarga ham foydalanish tavsiya qilindi.