qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Qo‘qon davlat universiteti Akademik litseyida“Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 22-aprel kuni Qo‘qon davlat universiteti Akademik litseyida an’anaviy “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda shahrimizning 16 dan ziyod maktablari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida oʻquvchilar, ularning ustozlari va mehmonlar litseyda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar xonasi va ilmiy-uslubiy baza bilan yaqindan tanishdilar. ✍️ Tadbir oʻquvchilarda litsey hayoti va ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil tasavvur hosil qilishga xizmat qildi hamda ularning qarorlarini puxta asoslashlariga yordam berdi. ???? Qo‘qon davlat universiteti Akademik litseyi – Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor!