Joriy yilning 22-aprel kuni o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqich o‘yinlari bo`lib o`tdi. O`yinda respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilgan o‘yinlar orqali musobaqaning respublika bosqichi qatnashchilari aniqlab olindi. Hududiy bosqich o‘yinlarida jami 425 jamoa hamda 3 ming nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda QDU akademik litsey talabalari ham ishtirok etishdi.