qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

#bitituvchi_2025


Bugun 13-iyun sanasida Qoʻqon davlat universiteti akademik litseyida bitruvchilarga diplom topshirildi.Mazkur tadbirda   Qoʻqon davlat universiteti rektori Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna hamda prorektori Bozorov Oybek Odilovich va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar. ????Tadbirni tabrik so'zlari bilan akademik litseyi direktori S.Salieva hamda OʻIBDOʻ Z Meliev ochib berdi ???? 2024/2025-o‘quv yilida jami  bitiruvchilar soni 136 nafar bo‘lib, ular o‘quv yili davomida 70 dan ortiq milliy sertifikatga, ega bo‘ldilar. ???? Shuningdek, o‘quvchilarning 5 nafari oltin medal,21nafari imtiyozli diplom 10 nafari, “Akademik litsey iftixori” stipendiya olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu yutuqlarning ortida kuchli bilimga ega bo‘lgan ustozlarning tinimsiz va mashaqqatli mehnati mujassamdir. ✨ O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan go‘zal raqs, qo‘shiq va she‘rlar yig‘ilganlarning kayfiyatiga yana-da ko‘tarinkilik baxsh etdi.