2025-yil 15-sentyabr kuni QDU akademik litseyida 1-bosqich 5-25-guruh talabalari uchun Rus tili fani o‘qituvchisi Hamzayeva Gulbahorxon tomonidan “Антонимы. Синонимы” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida mahoratli o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid taqdimot va qiziqarli maʼlumotlar namoyish etildi. O‘quvchilar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu dars nafaqat bilim, balki o‘quvchilar uchun yangi tajriba va motivatsiya manbai bo‘ldi.