qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Pedagogik kengash yig‘ilishi


Bugun Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyida navbatdagi pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda litsey rahbariyati, o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Kengash kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi: • O‘qituvchilarning attestatsiya jarayoniga tayyorgarligi; • O‘quv jarayonida kuzatilayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari; • Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar. Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi va mas’ullar zimmasiga yuklatildi.