Bugun QDU akademik litseyida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Ustoz va murabbiylarga hurmat bajo keltirildi, gullar, sovgʻalar taqdim etildi va samimiy tabriklar yangradi.
Tadbir davomida kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar, sahna koʻrinishlari ijro etildi.
Ustozlarimizga boʻlgan cheksiz hurmat va minnatdorchilik yana bir bor ifoda etildi.
Barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sogʻliq, bardavom sabr-toqat va kelajak avlod tarbiyasida ulkan zafarlar tilaymiz!