6-oktyabr, 2025-yil Qoʻqon davlat universiteti akademik litsey ARM zalida 1- va 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida Kimyo, Biologiya , Matematika, Informatika va Fizika fanlaridan Fan olimpiadasining litsey bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada jarayonlari yuqori darajada tashkil etildi. “Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – Xaydarov R. Psixolog – Zaripova Sh. tomonidan nazorat qilindi. Bu olimpiada o‘quvchilar bilimini sinash, iste’dodini yuzaga chiqarish hamda ularni yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.Ilm – taraqqiyot kaliti!