Tadbir O‘quv bo‘lim boshlig‘i Yuldasheva Muqaddasxon, psixolog Zaripova Shoxidaxon hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Saydaliev Rasuljon tashabbusi bilan tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda psixologik barqarorlik, jamoaviy ruh, va tezkor fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish edi. Ishtirokchilar – 125-guruh va 425-guruh o‘quvchilari — o‘zlarining chaqqonligi, bir-biriga bo‘lgan hurmati va do‘stona muhit bilan barchaga o‘rnak bo‘lishdi! Bunday tadbirlar o‘quvchilarning o‘ziga ishonchini mustahkamlab, ularda ijobiy kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Har bir ishtirokchi g‘olib — chunki bugun ular o‘z imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi!