qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Ochiq darsdan lavhalar


Bugun Qoʻqon DU Akademik litseyida, 525-guruhda ona tili fanidan Odilova D tomonidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Dars mavzusi: “Ko‘chma ma’nolar va ularning turlari: metafora, metonimiya, sinekdoxa”. Ushbu mavzuga qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarga ko‘chma ma’noli so‘zlar, majoz, ramz, tasviriy ifodalar haqida ham tushunchalar berildi. Dars davomida o‘quvchilar misollar orqali ko‘chma ma’nolarning nutqdagi o‘rni, badiiy matndagi ta’sirchanlikni oshirishdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.