16.01.2026 kuni ingliz tili fani o'qituvchisi Abduvahobova Muxtasarxon tomonidan 724-guruhda ochiq dars mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.
Dars jarayonida o’quvchilar Future Continuous va Future Perfect zamonlarining qo‘llanilishi, farqli jihatlari hamda amaliy mashqlar orqali mustahkamlash usullari bilan tanishtirildi.
Mashg‘ulot zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida, interaktiv metodlardan foydalangan holda tashkil etildi. O’quvchilarning faolligi va mavzuni o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘ldi.