Joriy yil 16-fevral kuni QDU akademik litseyida ustozlar Z.Umarova, A.Tursunov, D.Odilova tashabbusi bilan 525 va 625-guruhlar o‘rtasida buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.Tadbir davomida Bobur Mirzoning boy adabiy merosi, vatanparvarlik ruhi, jasorati va betakror ijodi haqida qiziqarli ma’ruzalar, fikr-mulohazalar hamda she’rlar yangradi. Bobur nafaqat qudratli davlat arbobi, balki nozik didli shoir, chuqur tafakkur egasi sifatida yoshlar qalbida alohida hurmat bilan yod etildi.Ushbu davra suhbati yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk ajdodlarimiz merosini yanada chuqurroq o‘rganishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.“Bobur — qalblarda yashayotgan buyuk siymo”