Joriy yilning 18-fevral kuni QDU akademik litseyida ona tili fani o‘qituvchisi Umarova Zilolaxon ustoz tomonidan 525-guruh o‘quvchilari uchun “So‘z yasalishi” mavzusida mazmunli va samarali mustahkamlash darsi tashkil etildi.Dars jarayonida o‘quvchilar so‘z yasalish usullari, qo‘shimchalar va ularning ahamiyati haqida bilimlarini yanada boyitib, amaliy mashqlar orqali mavzuni puxta o‘zlashtirdilar. Mashg‘ulot qiziqarli savol-javoblar, faol ishtirok va ijodiy yondashuv asosida olib borildi. Ilmga chanqoqlik — kelajak poydevori! Ona tiliga e’tibor — millatga e’tibor!