qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Biologiya fanidan ochiq dars tashkillandi.


325-guruh Tabiiy fanlar yo‘nalishi o‘quvchilari uchun biologiya fanidan “Tayanch-harakatlanish sistemasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mazkur dars biologiya fani o‘qituvchisi Rozimatov Sherzodbek tomonidan 2-guruh bilan hamkorlikda yuqori saviyada olib borildi.Dars davomida o‘quvchilar inson organizmidagi suyak va mushak tizimi, ularning vazifalari hamda sog‘lom turmush tarzidagi ahamiyati haqida chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar. Interfaol metodlar, savol-javoblar va amaliy misollar orqali mavzu yanada qiziqarli va tushunarli tarzda yoritildi.Ochiq dars o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.