Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, guruhlar tomonidan bezatilgan dasturxonlar yozilib, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi ham tashkil etildi. Mazkur tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashdi va milliy qadriyatlarimizni yanada ulug‘lashga xizmat qildi.