Talaba va o‘quvchilar o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etilgan Qishki liga o‘yinlari yakuniga yetib, unda faol ishtirok etgan jamoalar Zakovat NTT tomonidan esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Bu esa ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirib, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi.Shu bilan birga, 2.04.2026 kunlardan boshlab Bahorgi liga o‘yinlariga rasman start berildi. Yangi mavsum — bu nafaqat bahslar, balki o‘z ustida ishlash, jamoaviy hamjihatlik va intellektual salohiyatni namoyon etish maydoni hisoblanadi.Oldinda esa yanada keskin bellashuvlar, kutilmagan natijalar va haqiqiy bilim egalari o‘rtasidagi murosasiz kurashlar kutmoqda. Har bir savol — yangi imkoniyat, har bir javob esa g‘alabaga tashlangan muhim qadamdir.Barchaga omad tilaymiz — eng bilimdonlar maydonda o‘z so‘zini aytsin!