Bugun QDU akademik litsey sport zalida futbol bo‘yicha litsey birinchiligiga bag‘ishlangan qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, jamoalar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz bahslar bo‘lishi kutilmoqda.Qura natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi juftliklarga ajratildi: 4.25 – 1.24, 2.25 – 5.24, 2.24 – 1.25, 7.24 – Ustozlar jamoasi. Eslatma:— Barcha jamoalar o‘yinlarga yagona sport formasida maydonga tushishlari shart.— Har bir jamoa o‘z tarkibi bo‘yicha rasmiy qaydnomani topshirishi lozim.— Qaydnomasi bo‘lmagan jamoalar musobaqaga qo‘yilmaydi.Musobaqa o‘yinlariga rasman start berildi. Barcha jamoalarga omad tilaymiz! Maydonda eng kuchlilar g‘olib bo‘lsin ⚽