qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Sohibqiron xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi


Buyuk sarkarda va mohir davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Qo’qon DU akademik litseyda mazmunli davra suhbati o‘tkazildi. Unda Qo’qon DU akademik litsey o‘qituvchilari ishtirok etib, tadbirga alohida ilmiy ruh bag‘ishladilar.Suhbat jarayonida mutaxassislar Sohibqironning davlatni boshqarishdagi yuksak mahorati, harbiy strategiyalari hamda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, uning boy merosi bugungi yoshlar tarbiyasida qanday o‘rin tutishi borasida fikrlar bildirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida tarixiy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘usi va milliy iftixorni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.