O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi. Ushbu nufuzli bellashuvda Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘zlarining bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida kechgan bellashuv yakuniga ko‘ra, litsey jamoasi kuchli beshtalikdan joy olib, faxrli 5-o‘rinni egalladi.
Mazkur natija o‘quvchilarning intellektual salohiyati, bilimga bo‘lgan qiziqishi va ustozlar mehnatining samarasi ekanini ko‘rsatadi.
Litsey jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalarni tilab qolamiz!