Qo’qon DU akademik litseyda futbol bo‘yicha litsey birinchiligining FINAL bahsi bo‘lib o‘tdi! ?Maydonda 1.25 & 2.25 guruhlari o‘zaro kuch sinashdi. O‘yin juda keskin, murosasiz va yuqori tempda o‘tdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlandi — har ikki jamoa ham g‘alabaga munosib edi! Penaltilar seriyasida esa omad va sovuqqonlik 2.25-guruh tomonida bo‘ldi: Hisob: 3:1 2.25-guruh — chempion! Ular bugungi o‘yinda matonat, iroda va jamoaviy o‘yinning haqiqiy namunasini ko‘rsatdi 1.25-guruh ham munosib qarshilik ko‘rsatib, muxlislarga haqiqiy futbol shousini taqdim etdi! Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz!⚽️ Futbol — bu nafaqat o‘yin, bu ehtiros, birlik va g‘alabaga bo‘lgan ishonch!