Tadbir doirasida 29-maktab o‘quvchilari tashrif buyurib, litsey hayoti, dars jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ahamiyatlisi shundaki, “Ochiq eshiklar kuni” yakunlanganiga qaramay, o‘quvchilarning qiziqishi susaygani yo‘q — tashriflar davom etmoqda. Mehmonlar litseydagi zamonaviy ta’lim muhiti, fanlarga oid mashg‘ulotlar va turli qiziqarli jarayonlar bilan tanishib, iliq taassurotlar bilan qaytmoqdalar.