Dars jarayonida o‘quvchilar Germaniyaning diqqatga sazovor maskanlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, temporal predloglar mavzusini ham interaktiv usullar orqali mustahkamlashdi.
Ochiq dars davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, savol-javoblar hamda faol ishtirok muhitining yaratilgani darsning yanada mazmunli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.