Fan: Algebra
O‘qituvchi: Nizomov Shohboz
Guruh: 7.25
Mavzu: “Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolligi”
Dars jarayonida o‘quvchilarga:
ehtimollik nazariyasining boshlang‘ich tushunchalari,
tasodifiy hodisalarning hayotdagi o‘rni,
qiziqarli matematik misollar,
interaktiv savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu yanada tushunarli tarzda yetkazildi.
Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va matematik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.
Faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga omad va ulkan zafarlar tilaymiz!