qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Qo‘qon DU Akademik litseyining xorijiy tillar yo‘nalishi 5.25-guruhida ingliz tili fanidan o‘qituvchi M. Azizova tomonidan “O‘tilgan mavzularni takrorlash” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.


Dars davomida o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini turli interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar hamda sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar. Mashg‘ulot jarayoni yuqori saviyada, qiziqarli va kreativ usullarda olib borildi. O‘quvchilarning faolligi, jamoaviy ishlari va ingliz tilidagi erkin muloqotlari barchada katta taassurot qoldirdi. Mazkur ochiq dars ta’lim sifati va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning yorqin namunasi bo‘ldi.