Mazkur tadbirni Qo’qon davlat universiteti akademik litseyi direktori Saliyeva Sevara Oxunovna ochib berib, yoshlarning kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilab, ularning mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, joriy yilda litseyni 187 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Ular orasida 3-nafar oltin medal, 21 nafar imtiyozli diplom bilan ta’limni yakunlagan o‘quvchilar borligi alohida e’tirof etildi.
Barcha bitiruvchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!