Bugun Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish oldidan navbatdagi pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida litsey hududini obodonlashtirish va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, ularning oliy ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli kirishini ta’minlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, pedagoglar oldida turgan muhim vazifalar, o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.