?? 21-OKTYABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK!
Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyining muhtaram pedagog-ustozlari, aziz o‘quvchilari va qadrli hamkasblari!
Sizlarni milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan ushbu tarixiy sana xalqimizning milliy g‘ururi, erkinligi va istiqlolga bo‘lgan intilishlarining yorqin ifodasidir.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligi va nufuzini yuksaltirish, yosh avlod qalbida tilimizga mehr va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish barchamizning muqaddas burchimizdir.
?Bizning sahifalarimiz:
?Telegram ?Facebook
?Instagram ?Web-s