qoqonal.@umail.uz
+998 73 541-40-77

Ochiq dars mashgʻuloti


Joriy yilning 19-noyabr kuni Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyining 525-guruhida adabiyot fani o‘qituvchisi Odilova D. tomonidan “Abdulla Qahhor — hikoya ustasi. ‘Ming bir jon’, ‘San’atkor’, ‘Asror bobo’, ‘O‘jar’, ‘Adabiyot muallimi’ hikoyalari tahlili” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish, Abdulla Qahhor hikoyalaridagi qisqalik, lo‘ndalik va psixologik teranlik sirlarini ochib berishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda hikoyalar qahramonlariga tavsif berdilar, asarlardagi g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarni qiyosiy jadval asosida tahlil qildilar. Dars yakunida o‘quvchilarning bilimi baholanib, faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirildi. Ochiq dars kuzatuvchi o‘qituvchilar tomonidan ijobiy baholandi. ?Bizning sahifalarimiz: ?Telegram   ?Facebook ?Instagram  ?Web-s