Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2023-yil 25-yanvardagi 5/18-2/6-549-sonli xatiga muvofiq, Qo'qon DPI akademik litseyida ta'lim muassasalari psixologlari ko'magida bolalarga nisbatan zo'ravonlikni oldini olishga qaratilgan kompleks targ'ibot tadbirlari boshlandi.
Xat ijrosini ta'minlash maqsadida akademik litsey psixologlari Y.Murodova va X.Muxammadjonovalar 1-bosqich o'quvchilari bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" nomli davra suhbati o'tkazdilar.