Bugun litseyimiz Aniq fanlar kafedrasi Fizika fani oʻqituvchisi Xasanova Xurshidaxonning Xorijiy filologiya 622-guruhida "Yorugʻlik interferensiyasi va difraksiyasi. Yorugʻlikning dispersiyasi. Spekral analiz."mavzusida ochiq darsi boʻlib oʻtdi. Darsda oʻquvchilar tomonidan qiziqarli tajribalar oʻtkazildi. Oʻqituvchi darsni ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida tashkilladi. Dars naʼmunali deb topildi va dars ishlanmasi oʻquv mashgʻulotida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari uchun foydalanishga tavsiya etildi.